Xalqaro Jaz festivali

Xalqaro Jaz festivali

Tadbir sanasi Aprel 26, 2025
Tadbir turi Xorijiy
Manzil Toshkent shahri

 

Toshkentda sakkizinchi Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi

26-apreldan 12-mayga qadar Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Germaniya, Isroil, Indoneziya, Polsha, Ruminiya, Ukraina, Fransiya va Shveysariyadan kelgan san’atkorlar chiqish qiladi.

Festival YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi shafeligida butun dunyoda nishonlanadigan 30-aprel — Xalqaro jaz kuniga mo‘ljallanib o‘tkaziladi.

“YUNESKO tinchlik, muloqot va o‘zaro hamjihatlikni rag‘batlantirish vositasi sifatida jaz kuchiga ishonadi, shu bois 2011-yilning noyabr oyida YUNESKO Bosh konferensiyasi jaz va uning sayyoramizning barcha burchaklaridagi kishilarni birlashtirishdagi diplomatik roliga urg‘u berish maqsadida 30-aprelni Xalqaro jaz kuni deb e’lon qilgan”, — deyiladi jamg‘arma xabarida.

2024-yilda O‘zbekistonda xalqaro jaz festivali sakkizinchi bor o‘tkaziladi. Festivalning barcha konsertlari “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi ortidagi ochiq osmon ostida o‘tkaziladi. Unga kirish bepul.

Festival dasturida Fransiya, Germaniya, Indoneziya, Isroil, Polsha, Ruminiya, Ukraina va Shveysariyadan tashrif buyuradigan jaz ijrochilari va guruhlari ishtirok etadi. Jamg‘arma taklifiga binoan festivalda Gregori Porter (AQSh), Kenni Garrett (AQSh), Igor Butman (Rossiya) va boshqa musiqachilar qatnashadi.

Bilet ma'lumotlari

Kirish tekin

Aprel 26, 2025 11:00
Ishtirok etgan sanʼatkorlar

Ushbu tadbirda hech qanday san'atkor ishtirok etmagan.

Ulashish

Ushbu tadbirni do'stlaringiz va oilangiz bilan ulashing