Orol turizmi xaftaligi

Orol turizmi xaftaligi

Tadbir sanasi Aprel 15, 2025
Tadbir turi Mahalliy
Manzil Nukus va Mo‘ynoq tumani

Nukus va Mo‘ynoq tumanida uch kunlik tadbirlar doirasida “Orolbo‘yi ezgu niyat elchilari” xalqaro konfeensiyasi, Orol dengizi eko-marafoni, “Orolning 99 xil taomi” gastronomik festivali, ijodiy plener orol rassomlar nigohida ijodiy pleneri Xo‘jayli tumanida ko‘chat ekish aksiyasi hamda Qoraqalpog‘istonning diqqatga sazovor joylariga press-tur tashkil etildi.

Haftalikning birinchi kunida konferensiya ishtirokchilari Orolbo‘yida amalga oshirilayotgan ishlar, Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonlar barpo etishning o‘rni va ahamiyati, Orolbo‘yining muhofaza etiladigan hududlarida barqaror turizmni rivojlantirish istiqbollari, Orol dengizining quyi oqimidagi suv muammolari va ularni hal etish yo‘llariga oid ma’ruzalar bilan tanishdilar. Shuningdek, tadbirda O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Zinoviy Novitskiy Orolbo‘yi ekologiyasini tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan va rejalashtirilgan ishlar haqida gapirdi.

Bilet ma'lumotlari

Kirish tekin

Aprel 15, 2025 11:00
Ishtirok etgan sanʼatkorlar

Ushbu tadbirda hech qanday san'atkor ishtirok etmagan.

Ulashish

Ushbu tadbirni do'stlaringiz va oilangiz bilan ulashing