
IV Xalqaro Yuridik forum "Tashkent law spring"
Joriy yilning 25—27-aprel kunlari Toshkentda mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor Adliya vazirligi tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan «Tashkent Law Spring», ya’ni «Toshkent huquq bahori» xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidagi asosiy mavzu «Huquq jadal modernizatsiya davrida»dir.
Bu haqda 2019-yilning 4-mart kuni bo‘lib o‘tgan press-brifing chog‘ida forum tashkiliy qo‘mitasi milliy va xorijiy OAV vakillariga bo‘lib o‘tajak tadbirning asosiy maqsad va vazifalari xususida ma’lumot berdi.
Forum doirasida davlat organlari, xalqaro, milliy va xorijiy yuridik va konsalting tashkilotlari mutaxassislari, ilmiy va ekspert doiralari vakillari jadal modernizatsiya davrida huquqni rivojlantirishning so‘nggi tendensiyalarini muhokama qilish, zamonaviy yuridik ilm-fani va amaliyotining dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashish imkoniga ega bo‘ladi.
Adliya vazirligi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, forumda davlat va biznes-tuzilmalar, dunyoning yirik kompaniyalari vakillari investitsiyaviy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etiladi.
Dasturdan O‘zbekiston sarmoya muhiti taqdimoti, mavzuga doir mahorat darslari va davra suhbatlari o‘rin oladi. Tadbir doirasida «Yilning eng yaxshi advokati», «Yilning eng yaxshi advokatlik tuzilmasi», «Yilning eng yaxshi korporativ yuridik xizmati» kabi nominatsiyalardagi tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Spikerlar sifatida Vena xalqaro arbitraj markazi bosh kotibi Elis Fremut-Volf, Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi, «White & Case» xalqaro yuridik firmasi hamkori Kerolin Lemm, BMTTD Korrupsiyaga qarshi kurashish global dasturi maslahatchisi Angi Timilsin va boshqa xalqaro ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Maxsus yaratilgan tashkentlawspring.uz saytida ishtirokchilarni onlayn ro‘yxatga olish amalga oshirilmoqda. Hozirga qadar dunyoning turli mamlakatlaridan 300 ga yaqin ariza kelib tushdi.
Forum tadbirlari o‘zbek, ingliz va rus tillarida olib boriladi.
O'xshash tadbirlar
"Ipak va ziravorlar" XXi ana'naviy xalqaro festivali
Buxoro viloyati
Joriy yilning 28-29-30 may kunlari Buxoro viloyatida XIX an'anaviy “Ipak va ziravorlar” festivali o'tkazilishi munosabati …
Xalqaro baxshichilik festivali
Surxondaryo viloyati
Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali — 2019-yildan boshlab har ikki yilda bir marta …
Xalqaro Jaz festivali
Toshkent shahri
Toshkentda sakkizinchi Xalqaro jaz festivali o‘tkaziladi 26-apreldan 12-mayga qadar Toshkentda VIII Xalqaro jaz festivali …