

Sanʼatkor haqida
Tohir Sodiqov 1973-yil 1-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan.. Otasi Sodiqov Bahromjon Sobirovich Tohir Sodiqov yosh bolaligida vafot etadi. Onasi Sodiqova Gulnur Mansurovna Tohir Sodiqovni yolg‘iz katta qiladi. Tohir 1980-yildan 1990-yilgacha Toshkentdagi 41-maktabda o‘qiydi. Ikki qiz va bir o‘g‘li bor. So‘nggi yillarida „Kelajak Records“ musiqa yozish studiyasiga asos solgan. „Sen ketgan kundan“ klipida oilasi ya’ni turmush o‘rtog‘i, ikki qizi bilan Tohir Sodiqov suratga tushgan. Shogirdi Ravshan Sobirov va Renet Sobirov Tohir Sodiqovning amakivachchalaridir. Amakisi Alimjon Sobirov (Ravshan Sobirovning otasi). Jiyanlari Bekzod va Safina (Ravshan Sobirovning farzandlari). Sakina Sobirova (Ravshan Sobirovning rafiqasi). Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi). Tohir Sodiqov – O’zbek musiqachisi, bastakori, aktyori va Bolalar guruhi solisti. Tohir Sodiqov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’atkordir. Tohir Sodiqov „Bolalar“ guruhining uzoq yillardan beri qo‘shiqchisi, ashula yozuvchisi va bastakori bo‘lib kelgan. Tohir Sodiqov hozirgacha „Nihol mukofoti“ va „Tarona“ kabi bir qancha nufuzli mukofotlar sohibidir U qo‘shiqlarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida aytadi. Tohir Sodiqov Bolalar guruhi bilan AQShda konsert bergan va iTunesda albom chiqargan O‘rta Osiyolik birinchi guruh hisoblanadi Tohir Sodiqov musiqa maktabida o‘qimagan. Maktabda o‘qib yurgan chog‘larida musiqaga ishtiyoqi tug‘ilgan. Tohir Sodiqov va uning maktabdosh do‘stlari Ruslan Sharipov, Bahodir Po‘latov va Javohir Zokirov 1989-yil Bolalar guruhiga asos solishgan. 1989-yil guruh O‘zbekistonda „Bolalar“ deb nomlangan qo‘shiq bilan juda tez shuhrat qozongan. Tohir Sodiqov Ravshan Sobirov va „Bojalar guruhiga“ prodyuserlik qilgan.
Bolalar guruhining ilk tarkibida Bahodir Po’latov, Husan Sodiqov (Tohir Sodiqovning akasi), Guruhning ilk albomi „Esingdami seni“ albomidir. Bu albom 1990-yil yanvar oyida chiqarilgan. Ilk yillarda Ruslan Sharipov guruhning badiiy rahbari bo‘lgan. 2007-yil 22-yanvarda guruhning „The Very Best of the Fontana Years“ („Fontana yillarining eng sarasi“) degan albomi iTunes musiqa do‘konda chiqarildi. 2000-yillarda Bolalar guruhining ko‘p a’zolari birin-ketin guruhni tark etishdi. Ammo guruh a’zolari onda-sonda birga qo‘shiq ijro etib turishadi. Tohir Sodiqov odatda ashulalarning so‘zini ham, musiqasini ham o‘zi yozadi