Shuhrat Daryo

Shuhrat Daryo

5 Kompozitsiyalar

Sanʼatkor haqida

Shuhrat Daryo 1968-yil 22-yanvarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Oʻrikzor qishlogʻida tavallud topgan. Otasi — Yoʻldoshev Temir, qishloqda hisobchi boʻlib ishlagan. Onasi — Xudoyqulova Saida, qishloq maktabida 40 yil dars bergan. U Kitob shahridagi Navoiy nomidagi 3-oʻrta umumtaʼlim maktabida, keyinchalik Kitob tumanidagi musiqiy maktabda oʻqigan. Musiqaga qiziqishi bolaligidan boshlangan. Maktabda 3-sinfda oʻqigan paytida badiiy havaskorlik toʻgaragida ilk bor qoʻliga olgan musiqiy asbobi rubob boʻlgan. Ilk bor ijro etgan qoʻshigʻi xonanda Ortiq Otajanovning „Oltin qoʻllaring“ deb nomlangan qoʻshigʻi edi. Shuhrat ijrosidagi ushbu qoʻshiq tuman maktablararo koʻrik-tanlovida 1-oʻrin egallagan. Yosh sanʼatkorning sanʼatga boʻlgan mehri kattalarni ham befarq qoldirmagan, bu uni bolalar musiqa maktabiga yetaklagan. Bu orada Shuhrat bir necha bor viloyat boʻyicha oʻtkazilgan tanlovlarda ishtirok etib faxrli II va III oʻrinlarni olishga muvaffaq boʻldi. Shuhrat Yoʻldoshev Toshkent davlat tibbiyot institutining davolash fakultetiga oʻqishga kirgan va oʻqish bilan birgalikda sanʼatni davom ettirgan. Institutning I kursidayoq badiiy havaskorlar ansambliga solist sifatida taklif qilingan. Bayram va turli tantanalardagi chiqishlari bilan Shuhrat Daryo elga tanilib borgan. Institutni bitirgan Shuhrat Daryo 2008-yilgacha Toshkent Tibbiyot akademiyasi va Respublika diagnostika markazida ishlagan. Hozirgi kunda „Animato“ xususiy korxonasini yuritadi.

Kompozitsiyalar

Musiqalar

Videolar

Ijtimoiy tarmoqlar

Sanatkor ijtimoiy tarmoqlariga ulaning