

Sanʼatkor haqida
Shoxruh Alisherovich Yuldashev (1985-yil 29-mayda tugʻilgan) — oʻzbek film aktyori va qoʻshiqchisi. Tinglovchilari orasida shunchaki Shohruhxon nomi bilan mashhur. Shohruhxon oʻzbek va rus tillarida qoʻshiq kuylaydi.
Shoxruh Yuldashev Alisherovich 1985-yil 29-mayda Toshkentda tugʻilgan Shoxruhxon bolaligidan Ozodbek Nazarbekovning „Seni koʻrdim qaydan ham“ qoʻshiqlarini kuylab yurgan.
Bahor faslining so‘nggi kunlarida, yaʼni 29-mayda oʻziga xos ijodiy yutuqlarga erishib kelayotgan ham xonanda ham aktyor Shoxruhxon oʻzining tavallud ayyomini nishonlaydi. Oʻtayotgan yilda Shoxruhxon oʻzining navbatdagi konsert dasturini muhtasham „Istiqlol“ sanʼat saroyida taqdim etdi. Shu bilan birga rejissor Zebo Navroʻzovaning „Quvgʻin“ filmida oʻziga xos obrazni talqin qildi. Shoxruhxonning muxlislari uning ijrosidan koʻngillari toʻlganini taʼkidlab oʻtishdi. Yil soʻnggida esa xuddi shu rejissor „Yigitlar“ filmini ham keng ommaga havola etdi. Bu filmda Shoxruhxon faqatgina saundtrek yaratish bilan cheklandi