

Sanʼatkor haqida
Shohrux reper (asli ismi: Shohruh Shodmonov; 1986-yil 31-yanvar; Toshkent shahri, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik mashhur reper, qoʻshiqchi, deputat va yoʻnalishi boʻyicha iqtisodchi. Shohrux reper 2004—2005-yillarda oʻtkazilgan Tarona taqdimotining „Yil yutugʻi“ va „Yil kashfiyoti“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolibi deb topilgan.
Shohrux reperning ilk konsert dasturi 2006-yilning 17-19-fevral kunlari „Xalqlar Doʻstligi“ saroyida boʻlib oʻtgan. Konsert davomida ijro etilgan 20 ta qoʻshiqning 17 tasi jonli tarzda ijro etilgani aytiladi. 2007-yil 22—25 fevral kunlari boʻlib oʻtgan „Xalqlar doʻstligi“ saroyidagi konsertida rejadagi 22 ta qoʻshiqning barchasini jonli tarzda ijro etilgan[1].
Shohrux repper 2022-yil 21-oktyabr kuni Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan ijodidagi 15 yillik yubiley konsertini berdi
2019-yil 22-dekabr kuni Shohruh Shodmonov oʻz nomzodini OʻzLiDePdan koʻrsatgan holda Toshkent shahar Chilonzor tumani kengashiga Xalq deputati etib saylangan[3][4][5][6]. Shu munosabat bilan Shohrux Shodmanov ijtimoiy tarmoqlar orqali obunachilarga quyidagi murojaat bilan chiqqan: