

Sanʼatkor haqida
Shahzoda, haqiqiy ismi sharifi Zilola Bahodirovna Musayeva (1979-yil28-iyulda tugʻilgan) – oʻzbek aktrisasi va pop qoʻshiqchisi„Shuhrat“ medali sohibasi.1979-yilning 28-iyul kuni tavallud topgan 1980-yildan to 1987-yilgacha otasining Moskvada oʻz ish faoliyatini yuritganligi sababli butun oila aʼzolari bilan u yerda turishgan. 1987-yil Toshkent shahriga qaytib keldi. 5 – sinfgacha u 80 – oʻrta maktabda tahsil oldi keyin esa 307 – gimnaziya maktabiga oʻtkazildi. Aynan shu yerda u Natella (Aziza Halilova) bilan tanishib olgan. Shu yildan boshlab ularing doʻstligi boshlangan. 1997-yilda u aʼlo baholar bilan maktabni bitirdi.1999-yili Kiyev Davlat Universitetiga kirdi, lekin musiqa sanʼati ustun olib u oʻqishni tashlab yubordi. Shu yili taniqli aranjirovkachi hamda bastakor Vagif Zokirov Zilola bilan Natellaga „Jonim“ guruhini tashkil qilish taklifini berdi. Birinchi ikki oy davomida „Oʻtib ketadi“ deb nomlangan albomi yozib bitirildi. Soʻngra yangi hitga aylangan „Qarama koʻzlarimga“ deb nomlangan qoʻshigʻiga BVS studiyasi tomonidan klip suratga tushirildi.2000-yilda „Jonim“ guruhi oʻz faoliyatini tugatdi.2001-yildan boshlab „Tarona Records“ kompaniyasi Zilola Musayevaga oʻz ish faoliyatini Shahzoda taxallusi ostida davom etirish taklif qildi. Shu kungacha Shahzoda „Tarona Records“ kompaniyasi bilan ishlab kelmoqda. Rayhon bilan ijodda va hayotda haqiqiy doʻst. 2023-yildan eʼtiboran Oʻzbekistonda faoliyatini boshlagan yetakchi onlayn-marketpleys „Uzum Market“ning brend-ambassadori sifatida tanildi