

Sanʼatkor haqida
Sevara Nazarxon, toʻliq ismi Nazarxonova Sevara Anvarjonovna (1976-yil 23-dekabr, Andijon, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek estrada va folk-rok xonandasi, shuningdek, anʼanaviy oʻzbek musiqasi ijrochisi, bastakor. O‘zbekiston Respublikasi xalq artistiSevara Nazarxon 1976-yil 23-dekabrda Leninsk shahrida (Andijon viloyati, O‘zbekiston SSR, SSSR) o‘zbek xalq musiqasi ijrochilari oilasida tug‘ilgan. 1998—2003-yillarda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasida tahsil olgan.Sevara Nazarxon „T-solo“ guruhi tarkibida qoʻshiq aytishni boshlagan, guruh Karen Gʻofurjonov, Alisher Madumarov va Zarina T. dan tarkib topgan va ular faqat a kapella janrida kuylashgan. Keyinchalik Sevara Mansur Toshmatov asos solgan to‘rt nafar qizdan iborat „Sideris“ guruhida qo‘shiq kuylagan bo‘lsa-da, mashhurlikka yakkaxon faoliyatini boshlab, dutorda zamonaviy motivlar bilan xalq kuyini chalib erishgan.Sevara Nazarxon 2000-yil sentabr oyida „Nihol“ davlat mukofoti, oradan 2 yil oʻtib, 2002-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan.