

Sanʼatkor haqida
Rayhon G‘aniyeva (1978-yil 16-sentyabr kuni tug‘ilgan) — shunchaki Rayhon o‘laroq ma’lum o‘zbek qo‘shiqchisi, bastakori, aktrisasi va rejissyori. Rayhon 2002-yil „Baxtli bo‘laman“ qo‘shig‘i bilan O‘zbekistonda shuhrat qozongan. U ham o‘zbek, ham rus tillarida qo‘shiq kuylaydi.
Rayhon o‘zbek kino san’atida 2007-yilgi „Kechir“ dramasidagi roli bilan shuhrat qozondi. Uning rolini tanqidchilar ham, kino ishqibozlari ham yaxshi kutib olishdi. Rayhon mazkur filming ssenariysini yozgan va unga rejissyorlik qilgan. Ammo undan keyingi yillarda Rayhon birorta ham filmda yirik rol o‘ynamadi.Rayhon G‘aniyeva 1978-yilning 16-sentyabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan.
2012-yil 16-noyabrda Rayhon Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutining 22 yoshli talabasi Yigitali Mamajonovga turmushga chiqdi .Mamajonov bundan keyin Rayhonning bir necha musiqiy klipida rol o‘ynadi. Ijodi Rayhon Toshkentda joylashgan bolalar musiqa maktabida pianino chalishni o‘rgangan. Keyinchalik u O‘zbekiston jahon tillari universitetida ingliz tili filologiyasini o‘rgangan.
Uchinchi kursda tahsil olayotgan paytida „Xayol“ deb ataluvchi duetga asos solgan. 2000-yil yakkaxon karyerlisini boshlagan. Rayhon 2002-yil chiqarilgan „Baxtli bo‘laman“ qo‘shig‘i bilan O‘zbekistonda shuhrat qozondi. Qo‘shiq Rayhonning shu nomli albomiga kiritilgan. 2002-yil qo‘shiqchi Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrida ko‘pchilik oldidagi ilk konsertini bergan.
Rayhon o‘zbek kino san’atida 2007-yilgi „Kechir“ dramasidagi roli bilan shuhrat qozondi. Rayhon film ssenariysini yozgan va unga rejissyorlik qilgan. Filmda u muvaffaqiyatli qo‘shiqchining murakkab hayotini ko‘rsatib bergan. Qo‘shiqchi yana shu nom bilan ataluvchi qo‘shiqni bastalagan va kuylagan. Qo‘shiq filmning saundtrekliga kiritildi. Rayhonning rol ijro etish qobiliyatini tanqidchilar ham, kino ishqibozlari ham yaxshi baholashdi.