

Sanʼatkor haqida
1964-yil 26-oktyabr, Toshkent, O‘zbekiston SSR - taniqli O‘zbek qo‘shiqchisi. Shou biznes sohasida 1987-yildan beri milliy estrada xonandasi sifatida faoliyat yuritadi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (2000)
Musiqa maktabida ta'lim oladi va madaniyat texnikumini bitiradi. So‘gra Pedagogika oliygohining musiqa fakultetini tamomlaydi.
San'at sohasidagi faoliyati.
Ravshan Komilov "Odam bo‘laylik", "Qarab qo‘y", "Tango", "Yurishlaring yoqadi", "Ozodani sevaman" kabi qo‘shiqlarini o‘z muhlislariga taqdim etdi. Hozirgi kungacha xonandaning 200 dan ortiq qo‘shiqlari 30 dan ortiq klipi va 10 dan ortiq albomi mavjud.
Ravshan Komilov 1991-yilda „Kamolot“ koʻrik-tanlovi gʻolibi, 1994-yilda „Ulugʻbek“ mukofoti laureati, 2000-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvonlariga sazovor boʻldi.