

Sanʼatkor haqida
Ozoda Nursaidova 1974-yil 9-oktabrda Toshkent viloyati To‘ytepa shahrida dunyoga keldi. 1992 yilda Madaniyat institutining rejissyorlik boʻlimiga oʻqishga kirdi. Nursaidova taniqli ustoz va ustalar: Rufatilla Qosimov, Xuriyat Isroilova, Fattohxon Mamadaliyevlar rahbarligida anʼanaviy maqom sanʼatini oʻrgandi.
Xonanda „Ozoda Saidzoda“ taxallusi bilan ham ijod qilgan. 2000-yili yaratilgan „Ketma“ qoʻshigʻi unga chinakamiga omad keltiradi. Undan keyin yaratilgan „Asrasin“ va „Endi men ketaman“ nomli qoʻshiqlari ham xonandaning mashhurlikka erishishiga sabab boʻladi. 2001-yili oʻtkazilgan "Tarona" taqdimotida u „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi“ nominatsiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritadi.
· 2001 – „Yilning eng yaxshi qoʻshiqchisi“ nominatsiyasida Tarona mukofoti
· 2002 – „Yilning eng yaxshi qoʻshiqchisi“ nominatsiyasida Zomin mukofoti
· 2021 – Shuhrat medali
· 2024 – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
Dardli nolalar qirolichasi (Xalq e'tirofi)