Oybek va Nigora

Oybek va Nigora

6 Kompozitsiyalar

Sanʼatkor haqida

 

 YULDUZLAR BIOGRAFIYASI (20-06-2013, 16:24) Oybek va Nigora. Nigora Ismailova 1988-yil 12-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Nigora bolaligidan qo'shiq aytishga juda qiziqqani uchun ham u 5–sinfda o'qib yurgan vaqtlarida, "Tantana" qo'shiq va raqs dastasiga qatnashib yurgan. Oybek Alimov esa 1987-yil 8-oktabrda Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolalikdan qo'shiq aytishga qiziqqan
Oybek ham Xamza nomidagi musiqa kollejini bitirgan. Oybek va Nigora duet tuzilish tarixiga kelsak, ikki talaba "Akfa-Media" tomonidan o'tkazilgan qo'shiqchilik tanlovi g'olibi bo'lishgan
va 2005-yilda bu guruh tuzildi. Oybek va Nigora "Sen uchun", "Yorimsan" xit taronalari bilan tanildilar. Hozirda ularning ikkita "Sen uchun" va "Sog'indingmi man qurg'urni" albomlari hamda 50 dan ortiq qo'shiqlari muhlislarga taqdim etilgan. Oybek va Nigora 2008-yil "Nihol" mukofoti sovrindorlari bo'lganlar. Bundan tashqari "Navro'z" va "Mustaqillik" bayramlari tadbirlarida doim ishtirok etib kelmoqdalar. Xonandalar nafaqat qo'shiq kuylashadi, balki kinofilmlarda bosh rollarni ham ijro etib kelmoqdalar. Jahongir Poziljonovning rejissyorligidagi "Amakivachchalar", "Boyvachcha", Javlon Shodmonovning "O'xshatmasdan uchratmas", rejissyor Jahongir Axmedovning "Oling quda bering quda" filmlari shular jumlasidandir

Kompozitsiyalar

Musiqalar

Videolar

Ijtimoiy tarmoqlar

Sanatkor ijtimoiy tarmoqlariga ulaning