Sanʼatkor haqida

Otabek Mamazoitov 1974-yilning 24-martida Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Yoshligidan musiqaga qiziqishi bo‘lganligi sabab 4 yoshidan doiraakkordeon va Farg‘ona shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabida rubob ijro etishni o‘rgangan. Farg‘ona davlat universitetida Tavakkal Qodirov qo‘lida tahsil olgan. 1992-yilda Turkiyada tahsil olish uchun talabalar orasidan tanlab olinadi. Birinchi yili Turkiyaning Qayseri shahrida 1 yil davomida turk tilini oʻrganadi. Keyingi yil Qayseridagi oliy oʻquv yurtlarida musiqa fakulteti boʻlmaganligi uchun Konya shahridagi „Saljuq“ universitetiga borib, tahsilini davom ettiradi. U yerda fortepiano va ud cholgʻusini oʻrganadi. 2 yillik oʻqishdan keyin taʼtilga uyga qaytadi va oilada yolgʻiz oʻgʻil hamda boquvchi boʻlganligi uchun oʻqishni Oʻzbekistonda davom ettiradi

1995-yilda „Meni unutma“ qoʻshigʻi orqali oʻz faoliyatini boshlagan. Keyin esa „Besh kunlik dunyo“, „Malla soch“ qoʻshiqlari bilan tanilishni boshlagan]. 2014-yil Turkiya davlatining Denizli shahrida “Turkcha nigoh” nomli an’anaviy xalqaro festivalida ishtirok etgan

Ijtimoiy tarmoqlar

Sanatkor ijtimoiy tarmoqlariga ulaning