Ortiq Otajonov

Ortiq Otajonov

5 Kompozitsiyalar

Sanʼatkor haqida

Ortiq Otajonov (1947.30.1, Xorazm viloyati Bogʻot tumani — 2019.17.5, Toshkent) — xonanda, Oʻzbekiston (1991), Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston (1993) xalq artisti. Xorazm viloyati Bogʻot tumani Jdanov (hozir Navoiy) nomli kolxozda tavallud topgan. Maktabni 7-sinfgacha Bogʻotda, davomini Urganchda oʻqigan. Matyusuf Xarratov nomidagi Urganch musiqa bilim yurtini (rubob sinfi boʻyicha, 1967) va Toshkent madaniyat instituti (1980)ni tugatgan. Milliy ashulachilik yoʻllarini Komiljon Otaniyozov. shuningdek, A.Otajonov, M.Mirzayev, G.Rahimova, O.Ibrohimov va S.Sobirovlardan oʻrgangan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, „Lazgi“ ansamblida xonanda (1968—1981), „Lazgi“ ansamblining badiiy rahbari (1982—1988). Repertuaridan Xorazm mumtoz ashulalari („Feruz 1, 11“ savtlari bilan, „Chapandozi Suvora“, „Kajhang Suvora“, „Xorazm Dugohi“ va boshqalar), kuyini oʻzi bastalagan asarlar („Zebolanib kelibsiz“, „Ona diyorim“, „Xorazm farzandiman“, „Orol dardi“, „Seni kulishlaring“, „Ibiyay“, „Boshqacha“ va boshqalar), shuningdek, afgʻon, turkman, ozarbayjon, rus, arab qoʻshiqlari oʻrin olgan. Ijrolari 2 gramplastinka, Oʻzbekiston radiosi fonotekasiga yozilgan. Oʻzbekiston televideniyesida „Ortiq Otajonov“ film-konserti yaratilgan. O. Osiyo, Yevropa, Amerika, Avstraliya mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Oʻzbekiston Xalq Artisti unvonining ilk sohibi. 1991-yil 8-noyabrda Oʻzbekiston Xalq Artisti unvoni ilk marta Ortiq Otajonovga Islom Karimov tomonidan shaxsan topshirilgan.

Ortiq Otajonov 2019-yil 17-may kuni vafot etdi

Kompozitsiyalar

Musiqalar

Videolar

Tadbirlar
Mar
23
Baxor navolari
Xalqlar doʻstligi“ saroyi
Batafsil
Ijtimoiy tarmoqlar

Sanatkor ijtimoiy tarmoqlariga ulaning