Nasiba Abdullayeva

Nasiba Abdullayeva

5 Kompozitsiyalar

Sanʼatkor haqida

       Nasiba Abdullayeva 1961-yil 15-noyabrda Samarqand shahrida ishchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Melik Yarmuhamedov (Eron) va onasi Xalchuk Xalimakulova (millati tojik) oilasida tug‘ilgan.Nasiba Abdullayeva bolaligida musiqa maktabida akkordeonda o‘qigan. Bo‘lajak xonanda arxitektura-qurilish institutiga kira olmaganidan keyin, maktabda musiqa o‘qituvchisi sifatida o‘z faoliyatini olib borgan.1980-yilda Nasiba yangi tashkil etilgan „Samarqand“ vokal-cholg‘u ansambliga solist sifatida taklif qilingan. O‘sha yili uning qo‘shiqlari bilan ikkita – „Bari Gal“ va „Samarqand“ nomli albomlari chiqqan.1989-yilda Abdulla Qodiriy nomidagi                 Toshkent madaniyat institutini tamomlab, O‘zbekiston davlat filarmoniyasiga ishga o‘tdi.1990-yildaAyriliqnomli birinchi yakkaxon albomini chiqaradi.2000-yilda eri bilan ajrashgach, ikki yil davomida sahnani tark etadi.2002-yilda esa sahnaga qaytadi. Nasiba Abdullayeva 2004-yildan beri Davlat konservatoriyasida estrada ijrochiligi kafedrasida dars beradi.2018-yilda „Farida“ qo‘shig‘idan parcha Fondi savdo uyi reklama roligida ishlatilgan.2022-yil 30-avgustda Ozarbayjon prezidentining farmoni bilan Nasiba Abdullayevaga Ozarbayjon xalq artisti faxriy unvoni berilgan.

Kompozitsiyalar

Musiqalar

Videolar

Tadbirlar
Apr
21
Davlat xalq cholg'ulari orkestri "O'zbekfilm"
O`zbekiston Davlat Konservatoriyasi
Batafsil
Ijtimoiy tarmoqlar

Sanatkor ijtimoiy tarmoqlariga ulaning