

Sanʼatkor haqida
Lola Yoʻldosheva (1985-yil 4-sentyabr kuni tugʻilgan) — Lola taxallusi bilan tanilgan oʻzbek qoʻshiqchisi, bastakori va aktrisasi 2004-yilda „Muhabbatim“ qoʻshigʻi bilan Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. Xonanda ham oʻzbek, ham rus tillarida qoʻshiq kuylaydi.Lola 2004-yil „Sevinch“ filmida ilk yirik rolini oʻynadi. Uning aktrisalik mahorati muxlislar va kino olami tanqidchilari tomonidan yuqori baholandi. 2005-yil olingan „Kelgindi kuyov“ filmidagi roli Lolaga yanada koʻproq shuhrat olib keldi. Bu muvaffayiqatdan keyin Lola bir necha filmda rol oʻynadi.
2005-yil Lola turmushga chiqdi va sanʼat olamini nomaʼlum vaqtga tark etdi. 2011-yil yangi konsert dasturi bilan shou-biznesga qaytdi. 2015-yil Lola Rayhon bilan duet ijro etayotib sahnaga „milliy mentalitetga zid“ ochiq qizil koʻylak bilan chiqqani uchun „Oʻzbeknavo“ tanqidiga uchradi. Buning ortidan 2015-yilning iyulida „Oʻzbeknavo“ Lolaning litsenziyasini toʻxtatdi. 2019-yilning noyabrida Lola Oʻzbekistonda qoʻshiqchi va va musiqachilar faoliyati senzurasi tanqid qilingan „Sevgingni menga ayt“ yakkahon taronasi klipini chiqardi. Lolaning oʻzi rejissyorlik qilgan klip tezda ommalashdi hamda muxlislar va tanqidchilar tomonidan „ijtimoiy protest“ va „inqilobiy“ oʻlaroq baholandi.