Lola Ahmedova

Lola Ahmedova

5 Kompozitsiyalar

Sanʼatkor haqida

Lola Ahmedova 1983-yil 2-iyulda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida san’atkorlar oilasida tavallud topgan. Otasi Ahmedov Baxtiyor Gapparovich rassom, onasi Ahmedova Dilbar Amanqulovna jurnalist bo‘lishgan. Lola Ahmedova bolaligidan musiqaga mehr qo‘ygan. U maktab tadbirlarida qatnashishni va sahnada qo‘shiq aytishni yoqtirardi U oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelganida ilk bor „Birgalikda kuylaymiz“ televizion tanlovida qatnashgan va final bosqichida ishtirok etgan. 1997-yilda Toshkent madaniyat kollejiga o‘qishga kirgan. Lola birinchi musiqiy ta’limni shu texnikumda olgan. Uning birinchi ustozi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Gulshod Otaboeva „lapar“ sirlarini o‘rgatgan. 2001-yilda O‘zbekiston konservatoriyasiga o‘qishga kirgan.

Lolaning ijodiy yo‘nalishi paydo bo‘la boshlagan. 2003-yilda „Aziz on yurt navolari“ tanlovida 3-o‘rinni egallab, „Buni hayot deydilar“ qo‘shig‘i g‘olibi bo‘ldi. „Vatan himoyachilari kuni“, „Navro‘z“, „Mustaqillik“ kabi turli ommaviy tadbirlarda muntazam qatnasha boshlagan.

100 dan ortiq qo‘shiqlarni ijro etgan Lola 4 ta albomini ham o‘z muhlislariga havola eta oldi, bular „Yolg‘izginam“, „Devona“, „Begim“, „Biznikidir dunyolar“kabilardir. 2004-yilda bo‘lib o‘tgan „Aziz ona yurtim navolari“ ko‘rik tanlovida birinchi o‘rinni egallagan. 2006-yil esa „Nihol“ mukofoti sovrindori bo‘lgan. Lola 2010-yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lgan. Qo‘shiq kuylash bilangina cheklanib qolmagan, Lola 2004-yil rejissyor Axad Farmonovning „Muhabbatimsan“ filmida bosh rolni, Ra’no obrazini ijro etgan

Kompozitsiyalar

Musiqalar

Videolar

Tadbirlar
Mar
23
Baxor navolari
Xalqlar doʻstligi“ saroyi
Batafsil
Ijtimoiy tarmoqlar

Sanatkor ijtimoiy tarmoqlariga ulaning