Jenisbek Burkitovich Piyazov

Jenisbek Burkitovich Piyazov

3 Kompozitsiyalar

Sanʼatkor haqida

Jenisbek Burkitovich Piyazov (qoraqalpoqchaPiyazov Jeńisbek Burkitovich ; 1988-yil 9-mayda Nukus shahrida tugʻilgan) — oʻzbek va qoraqalpoq opera xonandasi (bas), vokalchilar respublika tanlovi, XII “Qozoq romansiadasi” xalqaro tanlovi, XIII Moskva yosh rus romansi ijrochilari xalqaro tanlovi 1-oʻrin laureati. Muslim Magomayev nomidagi xalqaro vokal tanlovining Gran-pri sovrindori (2012). Oʻzbekiston xalq artisti (2021), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2014) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (2012).

Jenisbek Burkitovich Piyazov 1988-yil 9-mayda Nukusda tugʻilgan. 2007-yilda Nukus madaniyat va sanʼat kollejini tamomlagan. Shu yili Jenisbek Piyazov „Yosh opera“ respublika tanlovida birinchi darajali diplom bilan taqdirlanib, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga „qoʻshiqchilik“ mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilinadi. 2007-yilda baland ovozi (bas) va operadagi isteʼdodi tufayli Nihol mukofotiga sazovor boʻlgan. 2009-yilda Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga vokalchi sifatida ishga qabul qilingan. 2010-yilda Jenisbek Piyazov Belorussiyaning Minsk shahrida jahondagi eng iqtidorli yosh vokalchilar qatoridan joy olgan, taniqli opera ustasi D.Vdovin va taniqli dirijyor Y.Bashmet rahbarligida mahorat darslarida tahsil olgan. Respublika sanʼat ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturida mehmonlar olqishiga sazovor boʻlgani uchun Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashi tomonidan „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan. 2011-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasini „Akademik xonanda“ yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. 2011—2012-yillarda Germaniyaning Myunxen shahrida boʻlib oʻtgan Gut-Immling xalqaro opera festivaliga taklif etilgan. Hamdoʻstlik solisti Jenisbek Piyazov dunyoning eng mashhur opera xonandalari bilan birga sahnada ajoyib operalarni ijro etadi. Hozirda Jenisbek Burkitovich Piyazov Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi oʻqituvchisi.

Kompozitsiyalar

Videolar

Tadbirlar
Apr
21
Davlat xalq cholg'ulari orkestri "O'zbekfilm"
O`zbekiston Davlat Konservatoriyasi
Batafsil
Ijtimoiy tarmoqlar

Sanatkor ijtimoiy tarmoqlariga ulaning