Sanʼatkor haqida
Jasur Umirov — oʻzining lirik va raqsli kompozitsiyalari bilan mashhur boʻlgan oʻzbek estradasining eng yorqin xonandalaridan biri hisoblanadi. U 1986-yil 30-martda Oʻzbekistonning Samarqand viloyati, Kattaqurgʻon tumani, Kattakoʻrpa qishloqchasida tugʻilgan. Onasi uy bekasi va otasi muvaffaqiyatli tadbirkor oilasida tugʻilgan, Jasur otasining yoʻlini tanlamaydi u rassomlik yoʻlini tanlaydi.
Bolalik vaqtida sanʼat shaydosi edi. Shuning uchun ham u musiqa maktabiga boradi, soʻng Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasining Estrada xonandalik fakultetiga oʻqishga kiradi U ilk ijodini 2009-yildan boshlaydi. Jasurning aytgan barcha qoʻshiqlari xit darajasiga yetmoqda. „Billuram“, „Oysha“, „Derdiya“, „Jon-jon“, „Daryolar“ va „Yuribmande“ qoʻshiqlari barcha qizlarni lol qoldirdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Xonandaning hozirgi kungacha 15dan ortiq qoʻshiq kliplari va „Oysha“ nomli albomi muhlislar yuragidan joy oldi. Sanʼat olamiga yaqingagina kirib kelgan boʻlsada, 2010-yil 21-dekabr kuni „Istiqlol sanʼat saroyi“ da yakkaxon konsert dasturini namoyish etdi.