

Sanʼatkor haqida
Jahongir Otajonov (1978-yil 29-sentyabr, Xorazm viloyati) — oʻzbekistonlik xonanda, sozanda va bastakor.
Jahongir Otajonov 1978-yil 29-sentyabrda OʻzSSR Xorazm viloyatida tugʻilgan. Otasi Safarboy Otajonov nemis tili oʻqituvchisi, onasi esa o‘zbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. 6 marta oila qurgan. 8 nafar farzandi bor
Sanʼatkorlar oilasida tugʻilgan Jahongir Otajonov amakisi Ortiq Otajonovga havas qilib musiqaga kirib kelgan. 1-sinfligidan Toshkentdagi Glier nomidagi musiqa maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni bitirgach Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻqigan. Ilk mashhurlikka „Arazlamang“, „Oq kabutarlar“, „Dogʻman“ qoʻshiqlari orqali erishgan.