Sanʼatkor haqida

           Hulkar Abdullayeva 1983-yil 1-yunda Xorazmning Urganch shahrida tugʻilgan. 1990–1998-yillarda Urganchning Mirzo Ulugʻbek nomidagi 19-sonli maktabida oʻqigan. Onasi uni kelajakda raqqosa boʻlishini istab, 1993-yili 10 yoshida O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova boshchiligidagi „Meros“ ansambliga bergan. U ansambl qizlari bilan qator konsertlarda Xorazm raqslarini ijro etagan.

      1998–2001-yillarda bank kollejida oʻqishini davom ettirgan. Bu davrda u ansambldagi mashgʻulotlarini ham toʻxtatib qoʻymagan. 2000-yilda kollej oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan koʻrik–tanlovda raqs yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etib, laureat boʻlgan. Bundan tashqari u Oʻzbekistonda oʻtkazilgan koʻplab koʻrik-tanlovlarda oʻzining qoʻshiqlari va raqslari bilan ishtirok etgan.

        Xonanda 2006-yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga  oʻqishga kirgan va shu yili "Nihol" mukofoti sovrindoriga aylangan. Uning sanʼatdagi faoliyatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov, O‘zbekiston xalq artistlari Kommuna Ismoilova, Gavhar Matyoqubova va Zamira Suyunovalar ustozlik qilishgan.

Tadbirlar
Mar
23
Baxor navolari
Xalqlar doʻstligi“ saroyi
Batafsil
Mar
21