

Sanʼatkor haqida
Hosila Rahimova — (Rahimova Hosilaxon Ibragimovna; 1975-yil 22-aprel, Surxondaryo viloyati Denov tumani) — oʻzbek estradasi xonandasi va baxshisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoni hamda Shuhrat medali sohibasi1982—1992-yillarda Denov tumanida faoliyat olib borgan Q.Eshmurodova nomli 15-oʻrta maktabda tahsil olgan. Maktab vaqtlari boʻlgan 1986—1990-yillarda Denovda faoliyat olib borgan Yunus Rajabiy nomli musiqa maktabining rubob oʻrganishga ixtisoslashgan sinfini tamomlagan. 1990—1996-yillarda Denovdagi „Navnihol“ xalq ansambli va tuman madaniyat boʻlimida xonanda sifatida faoliyat olib borgan. 1998—2001-yillarda Toshkent Davlat Madaniyat instituti „Xalq musiqasi“ boʻlimini, 2010-yilda esa magistratura boʻlimini tamomlagan.