

Sanʼatkor haqida
(16-aprel 1946-yil) – taniqli oʻzbek va sovet estrada qoʻshiqchisi, bastakor va aktyor. 1976-yildan beri „Yalla“ vokal-cholgʻu guruhi rahbari. Farruh Zokirov bir vaqtning oʻzida 9 davlatning Xalq artisti va Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati hisoblanadi.
Farruh Zokirov 1946-yilning 16-aprelida Toshkent shahrida professional musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi Oʻzbekiston SSR xalq artisti Karim Zokirov – opera qoʻshiqchisi va Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek davlat opera va balet teatri solisti, onasi ham milliy qoʻshiqlarni ijro etuvchi qoʻshiqchi va Muqimiy nomidagi Toshkent drama va komediya musiqali teatri salisti boʻlgan.
Farruh Zokirov 1969-yilda Toshkent davlat konservatoriyasining xor dirijyorligi fakultetini tamomlagan.
1976-yilda Farruh Zokirov sovet va oʻzbek vokal-instrumental „Yalla“ ansamblining badiiy rahbari boʻlgan, uning rahbarligida VIA xalq eʼtirofiga sazovor boʻlgan. Ansambl hali ham dunyoning koʻplab mamlakatlarida: Rossiya, Qozog'iston, Gruziya, Amerika, Isroil va Ukraina gastrollarida juda mashhur.
1991-yilning yozida SSSR Xalq artisti mukofotiga hujjat topshiradi, lekin shu yilning avgust oyida Moskvadagi qayta qurishga nisbatan uyushtirilgan noroziliklar tufayli bu mukofot Farruh Zokirovga berilishi ohirigacha koʻrib chiqilmagan. Shuningdek:
· Oʻzbekiston SSR Xalq artisti
· Qoraqalpogʻiston Xalq artisti.
· 2023-yil Tatariston xalq artisti
· 2024-yil Boshqirdiston xalq artisti va Ozarbayjon Xalq artisti mukofotlariga sazovor boʻlgan.
· 2017-yil 22-noyabrda Qirgʻizistonning „Doʻstlik“ ordeni berilgan.
· 2018-yil „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlangan.
· 2023-yil 1-iyulda „El-yurt hurmati“ ordeni berilgan