Dildora Niyozova

Dildora Niyozova

5 Kompozitsiyalar

Sanʼatkor haqida

Dildora Niyozova 1978-yil 14-sentyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ba’zi bir manbalarga ko‘ra, Dildora Niyozova Yulduz Usmonovaning ashaddiy muxlisi bo‘lgan, bolaligidan uning qo‘shiqlarini xirgoyi qilib yurgan. Respublika estrada-sirk kollejida tahsil olgan. San’atning estrada yo‘nalishidagi ijodini 2000-yilda boshlagan Turli yillarda Xalqlar do‘stligi saroyida o‘zining 6 ta yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan. 300 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari, 14 ta musiqiy albomi mavjud.

Dildora Niyozovaning „Ishonma“ nomli hazil qo‘shig‘i unga omad keltiradi. U shu qo‘shig‘i orqali keyinchalik xalqqa taniladi. Xonandaning aytishicha „Ishonma“ qo‘shig‘ini Farg‘ona vodiysidagi to‘ylarning birida undan bir necha marotaba qayta kuylashini so‘rashadi. Shu to‘yda qo‘shiqning rekord natijasi qayd etilib, bitta qo‘shiq ketma-ket 15 marta ijro etiladi. „Ishonma“ni Dildora Niyozovadan avval xorazmlik erkak qo‘shiqchi ijro etgan.

Dildora Niyozova o‘zining mega xit taronalari muallifi  Ruslan Sharipov bilan duet qilgan. Ular birgalikda kuylagan „Chilla“ dueti xit bo‘lgach, Ruslan Sharipov ijodni tark etgan

Kompozitsiyalar

Musiqalar

Videolar

Ijtimoiy tarmoqlar

Sanatkor ijtimoiy tarmoqlariga ulaning