

Sanʼatkor haqida
Botir Sheraliyevich Qodirov (1981-yil 6-may, Andijon, O‘zbekiston SSR—taniqli o‘zbek qo‘shiqchisi. Shou-biznes sohasida 2005-yildan buyon professional san’atkor sifatida faoliyat yuritadi. Pop va folklor janrida ijod qiladi. Madaniyat va san’at fidokori ko‘krak nishoni sohibi (2020).
2019-yilda Xitoyda o‘tgan XVIII Xalqaro Pekin festivalida O‘zbekiston vakillari, ya’ni Botir Qodirov ijodiy jamoasi oliy mukofotni qo‘lga kiritgan.
Botir Qodirov san’atkorlar oilasida tug‘ilib o‘sgan. Bolaligidanoq qo‘shiq kuylashga ishtiyoqmand bo‘lgan va san’at ta’siri ostida ulg‘aygan. Oilaning deyarli barcha vakillari san’atkor bo‘lishgan. Ona bobosi Nabijon Qodirov bastakor hamda changchi sozanda bo‘lgan. Ona buvisi Tojixon Axmedjonova Andijondagi Oxunboboyev nomli teatrda aktrisa bo‘lib ishlagan. U Botir Qodirovning san’at sohasidagi ilk ustozi edi. Kichkinaligida san’at haqida ilk tushunchalarni buvisidan olgan. Onasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan aktrisa Zulxumor Qodirovadir
Botir Qodirov maktabni tamomlagandan so‘ng 2000-yil To‘xtasin Jalilov nomidagi Andijon davlat san’at bilim yurtida tahsil olgan. U yerda andijonlik, maqom yo‘nalishidagi qo‘shiqlar ijrochisi Azizbek Zaynobiddinovga shogird tushgan. Keyin esa, Toshkent davlat madaniyat institutining an’anaviy xonandalik fakultetiga o‘qishga kirgan. Ashula va raqs estrada bo‘limida tahsil olgan. Institutda Orolmirzo Safarov, Rahmatjon Tursunov kabi ustozlardan tahsil olgan. Keyinchalik taniqli o‘zbek bastakori Musaxon Nurmatovdan milliy estrada yo‘nalishidagi qo‘shiqchilik sirlarini o‘rgangan. Institutni 2005-yil bitirgan
.