

Sanʼatkor haqida
Afruza taxallusi bilan ijod qiladigan xonandaning asli ism-sharifi Dilafro‘z Rustamova bo‘lib, u 1996-yil Farg‘ona shahrida tavallud topgan. U O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Estrada xonandaligi fakultetini tamomlagan. Oilada ikkita farzandmiz, akam bilan o‘rtamizda bor-yo‘g‘i ikki yosh farq bor. Shu bois akam bilan birga o‘ynab ulg‘ayganmiz. Unga qo‘shilib o‘g‘il bolalar bilan ko‘p o‘ynaganim uchunmi, qizlar bilan unchalik kelisholmasdim. O‘ylab qarasam, bolaligimda anchayin sho‘x-shaddod qiz bo‘lganman.