Sanʼatkor haqida
Abdulla Akbarovich Qurbonov 1976-yil 2-sentyabrda Toshkent viloyatida tavallud topgan Otasi Akbar Qurbonov novvoy boʻlgan. Uning 10 nafar (9 oʻgʻil va 1 qiz) farzandi boʻlgan.Abdulla Qurbonovning ilk chiqishlaridan biri 1987-yilda akasi Doniyor Qurbonovning to‘yida boʻlib oʻtadi. Toʻylardagi chiqishlarining birida u Muhriddin Xoliqovga shogirtlikka tushadi.Abdulla Qurbonov 1990–1991-yillarda oʻzbek xonandasi Botir Zokirov ijodiga bagʻishlangan vokal tanlovida “Arab tangosi” qoʻshigʻini ijro etib Farruh Zokirov eʼtiboriga tushadi va Moskvada Yalla guruhining konsertida ishtirok etadi